Namanganda “VAZ-2101” “GAZ-31” ga borib urildi. Natijada yo'lovchi halok bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.
Unga ko`ra, 2021 yil 14 avgust kuni soat 06:00 larda, Chortoq-Namangan yo`lining 3 km.da, Chortoq tumani "Bog`" mahallasi hududida, Chortoq tumanida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan fuqaro "VAZ-2101" rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni o`ng tomonida to`xtab turgan, Chortoq tumanida yashovchi, 1968 yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvidagi "GAZ-31" rusumli avtomashinasi tirkamasiga borib urilgan.
Natijada, "VAZ-2101" rusumli avtomashina salonida bo`lgan yo`lovchi, Chortoq tumanida yashagan, 1987 yilda tug`ilgan fuqaro olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani ma`lum bo`ldi.
24.01.2023, 10:05
Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...04.01.2023, 12:40
Namangan viloyati Chortoq tumani "Ayqiron" MFY hududidan oqib o`tuvchi katta Namangan kanaliga “Nexia-2” rusumli avtomobil haydovchisi noqulay ob-havo tufayli boshqaruvni yo`qotib, tushib ketdi. Bu haqda...27.08.2022, 13:25
Namanganda sodir bo`lgan YTH o`lim bilan yakunlandi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, kecha, 27 avgust kuni soat 03:45larda 4R-112 "Farg`ona...15.08.2022, 17:33
2022 yilning 9 avgust kunidan 10 avgust kuniga o`tar kechasi soat 00:04larda noma`lum shaxslar Chortoq tumani Baliqko`l MFYda joylashgan “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohida mavjud bo`lgan...