AsosiySiyosat

O`zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi

'O`zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi'ning rasmi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho`g`lu bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati  xabar bermoqda.

Unga ko`ra, suhbat chog`ida O`zbekiston-Turkiya hamkorligining turli masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy siyosatning ayrim jihatlari, jumladan, Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashilgan.

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri turkiyalik hamkasbiga Turkiyada yaqinda yuz bergan tabiiy ofatlar va ko`plab insonlarning halok bo`lgani  munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar