AsosiyDunyo

Afg`onistonlik futbolchi mamlakatdan qochayotib halok bo`ldi

'Afg`onistonlik futbolchi mamlakatdan qochayotib halok bo`ldi'ning rasmi

Futbol bo`yicha Afg`oniston yoshlar terma jamoasi a`zosi Zakiy Anvariy mamlakatdan qochishga uringanida halok bo`ldi. Bu haqda mahalliy jurnalistga tayanib Lenta.ru xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, sportchi C-17A samolyotining shassisiga osilgan kuyi mamlakatni tark etishga uringanlar orasida bo`lgan. Zakiyning tanasi bo`laklari shassi bo`linmasidan topilgan.

16 avgust kungi talato`plar chog`ida bir qancha afg`onistonliklar Kobul aeroportidan uchayotgan AQSh harbiy samolyotiga tashqi tomondan chirmashgan holda mamlakatni tark etishga uringan. Biroq ular yuqori tezlikda uchuvchi samolyotning shassisi yoki korpusini uzoq vaqt davomida ushlab tura olishmagan natijada ular katta balandlikdan erga qulab halok bo`lishgan.

    Boshqa yangiliklar