Rossiyadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin migrant mamlakatdan “deport” qilindi.
Bu haqida “Sputnik”ga tayanib Zamon.uz xabar bermoqda.
Moskva polisiyasi matbuot xizmati boshlig`i Vladimir Vasenin so`zlariga ko`ra, “Kuzminki” metro bekati yaqinida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 46 nafar xorijlik Rossiyadan deportasiya qilingan. Yaqin kunlarda yana 41 nafar migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi.
Ma`lumotlarga ko`ra, sud qarori bilan 87 kishi Rossiya IIV Moskvadagi bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga 90 sutka muddatga joylashtirilgan.
Sakkiz nafar migrantga nisbatan “bezorilik” moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






