AsosiySport

Senat raisi XVI yozgi Paralimpiya o`yinlari ishtirokchilari bilan uchrashdi(foto)

'Senat raisi XVI yozgi Paralimpiya o`yinlari ishtirokchilari bilan uchrashdi(foto)'ning rasmi

Bugun, 20 avgust kuni Tokioda bo`ladigan XVI yozgi Paralimpiya o`yinlariga O`zbekiston delegasiyasini kuzatishga bag`ishlangan rasmiy marosim bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva, Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvaxitov, Bosh vazir Abdulla Aripov, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Senat Raisi o`z nutqida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimizga ulkan zafarlar tilab, ularni yuksak natijalar bilan yuzi yorug` bo`lib qaytishini, xalqimiz va davlatimiz rahbari mamlakatimiz paralimpiyachilari nimalarga qodir ekanliklariga ishonishini, ularni doim qo`llab quvvatlashini bildirdi.  

Ma`lumot o`rnida qayd joizki, O`zbekiston joriy yilgi Paralimpiya o`yinlarida rekord darajada, ya`ni 8 sport turida, 48 sportchi bilan 55 ta yo`llanmaga ega bo`ldi.

XVI yozgi Paralimpiya o`yinlari 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo`lib o`tadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar