Rossiyaga ishlash maqsadida borgan o`zbekistonlik erkak o`g`irlangan mashinada avtohalokatga uchradi. Bu haqda «Fontanka»ga asoslanib Zamon.uz xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Sankt-Peterburgda sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasida o`zbekistonlik erkak og`ir jarohat olgan. Qayd etilishicha, 24 yoshli O`zbekiston fuqarosi sankt-peterburglik 27 yoshli ayolga tegishli «Hyundai Solaris» avtomashinasida 44 yoshli ayol boshqaruvidagi «Hyundai Sonata» mashinasi bilan to`qnashgan. U bosh suyagi va bosh miya ochiq choklari shikastlanishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
«Solaris» egasidan esa mashinasi o`g`irlangani to`g`risida ariza kelib tushgan. U mashinasini o`g`irlab ketgan 24 yoshli O`zbekiston fuqarosini javobgarlikka tortishni so`ragan. Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, Sankt-Peterburg polisiyasi o`g`irlangan mashina bilan sodir bo`lgan baxtsiz hodisani tekshirmoqda.






