Bugun Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Turkiyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Olgan Bekar hamda Madaniyat va turizm masalalari bo`yicha maslahatchisi Alparslan Akinji bilan uchrashdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Uchrashuvda tomonlar o`zbek va turk kino sanoatida o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish, oldinda o`tkazilishi rejalashtirilayotgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini yuqori saviyada tashkil etish, festivalda turk filmlarining namoyishi kabi masalalar ko`rib chiqildi. Shuningdek, Xalqaro festival doirasida turk kino kunlari ham bo`lib o`tishi ma`lum qilindi.
Uchrashuv davomida Agentlik Bosh direktori janob Olgan Bekar orqali turk kinoijodkorlarini Toshkent xalqaro kinofestivaliga taklif qilishdan mamnunligini bildirdi.






