AsosiySport

Tokio-2020: Ertaga 4 nafar para-suzuvchimiz bellashuvlarga kirishadi

'Tokio-2020: Ertaga 4 nafar para-suzuvchimiz bellashuvlarga kirishadi'ning rasmi

Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlarining navbatdagi kunida ham suzuvchilarimizning ishtiroki kutib turibdi. 26 avgust sanasida 4 nafar vakilimizning startga chiqishi belgilab qo`yilgan.

Bugun bronza medaliga sazovor bo`lgan Islom Aslanov endilikda chalqancha usulda suzish dasturida yana bir medal uchun kurash olib boradi. Shuningdek, S13 toifasidagi Muzaffar Tursunxo`jaev, Shohsanamxon Toshpo`latova hamda Nigoraxon Mirzohidova kabi vakillarimiz ham ushbu kun dasturida startga chiqishadi.

Boshqa yangiliklar