AsosiyDunyo

Afg`onistondagi vaziyatga bag`ishlangan G7 davlatlari sammiti bo`lib o`tdi

'Afg`onistondagi vaziyatga bag`ishlangan G7 davlatlari sammiti bo`lib o`tdi'ning rasmi

Kecha, 24 avgust kuni Buyuk Britaniya raisligida Afg`onistondagi vaziyatga bag`ishlangan G7 davlatlari sammiti bo`lib o`tdi. Unda BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ham ishtirok etishgan.

Norasmiy xalqaro klub virtual sammit natijalari bo`yicha bayonot berdi.

Hujjat G7 ning Afg`oniston xalqiga sodiqligini va BMT Xavfsizlik Kengashining 16 avgustdagi bayonotini qo`llab-quvvatlashini tasdiqlaydi.

«Biz Afg`onistondagi vaziyatdan jiddiy xavotir izhor etamiz va afg`onistonlik va xalqaro fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash va gumanitar inqirozning oldini olish uchun xotirjamlik va sabr qilishga chaqiramiz. Biz har qanday holatda ham xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilishga chaqiramiz», - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, G7 davlatlari Afg`onistondagi gumanitar muammolarni hal qilish doirasida qo`shni va mintaqaning boshqa davlatlari bilan hamkorlik amalga oshirilishini ta`kidladilar.

Katta ettilik (Group of Seven - Ettilik guruhi, G7) - Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQShni birlashtirgan norasmiy xalqaro klub.

    Boshqa yangiliklar