AsosiySport

O`zbekistonlik mergan yoshlar ilk bor Jahon kubogida ishtirok etishadi

'O`zbekistonlik mergan yoshlar ilk bor Jahon kubogida ishtirok etishadi'ning rasmi

26 avgustdan 6 sentyabrga qadar Qozog`istonning Olma-ota shahrida stenddan o`q otish bo`yicha yoshlar o`rtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo`lib o`tadi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda

Ahamiyatlisi, unda terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishadi.

Musobaqada qatnashadigan merganlarimiz bugun Qozog`istonga yo`l olishdi. Tarkibga 7 nafar sportchi va 2 murabbiy jalb qilingan. Jahon kubogining mazkur bosqichida 220 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Jamoamiz quyidagi yo`nalishda ishtirok etadi:

Trap, qizlar:

Milina Rajabova

Trap, yigitlar:

Shohruh Sadirov

Nusratillo Qodirov

Azamat Qayumov

Skit:

Danil Jalnin

Behruz Sharapov

Ernest Settarov

Qayd etish joiz, ushbu sport turi tarixida ilk bor trap yo`nalishining aralash jamoaviy dasturida ishtirok etamiz. Vakillarimiz orasida eng kichik sportchi 13 yoshli Azamat Qayumov bo`ladi. Yana bir ahamiyatli tomoni, stenddan otish bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari yoshlar toifasida birinchi bor Jahon kubogida ishtirok etishadi.

Boshqa yangiliklar