AsosiyJamiyat

“Mudrayotgan” mas`ullarga “signal”. Yoxud inson huquqlari buzilishi ko`p uchrayotgan holatlarga bir nazar...

'“Mudrayotgan” mas`ullarga “signal”. Yoxud inson huquqlari buzilishi ko`p uchrayotgan holatlarga bir nazar...'ning rasmi

    Nohaq ishdan bo`shatilgan xodim qayta ishga tiklanishi mumkinmi?”, “Fuqaroning erini tortib olmoqchi bo`lgan tadbirkorga chora ko`rildi”, “Ish haqini ololmayotgan mahkumlar masalasiga oydinlik kiritildi”... Shu kabi muammolar aks etgan murojaatlarga kunda kunora to`qnash kelamiz. Eng achinarlisi, garchi inson huquqlari himoyasini qonun yo`li bilan ta`minlovchi maxsus organ bo`lsa-da, ko`pchilik ayni shu mazmundagi murojaatlari bilan huquqlari tiklanishini so`rab ijtimoiy tarmoqlarorqali havolalar e`lon qiladi. O`ylab qolasan kishi: yoki o`sha fuqarolar muammolarini o`rganib echimini ta`minlashga mas`ul Oliy Majlisning inson huquqlari bo` yicha vakil — Ombudsman borligidan bexabarmi yoki ushbu tashkilot fuqarolarning muammolarini o`z vakolatlari doirasida hal etib bera olishmayaptimi? Shu kabi savollarga oydinlik kiritish maqsadida Ombudsman rahbari  Feruza EShMATOVA bilan bog`landik.

                      "BIR OYDA IKKIMAROTABA FUQAROLARNI QABUL QILAMAN"

— Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombuds man)ning ish faoliyati qanchalik ochiq va shaffof? Feruza Farxodovnaning qabuliga kirish tartibi qanday? 

— Ombudsman faoliyati barcha OAV uchun ochiq va shaffof. Biz imkon qadar jurnalistlar bilan inson huquqlarini poymol etmagan, sha`ni, qadr-qimmatini kamsit-magan holda ochiq va konstruktiv ruhda ishlashga harakat qilyapmiz. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilinayotgan inson huquqlarining poymol etilishi bilan bog`liq xabarlar o`rganilib, Ombudsmanning rasmiy munosabati saytimizda e`lon qilinmoqda. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida rasmiy veb saytimizda Ombudsman faoliyatiga oid 150 dan ortiq materiallar e`lon qilindi, OAV orqali 600 dan ortiq chiqishlar tashkil etildi. 

Joriy yilning yanvar va iyun oylarida fuqarolar qabuli to`xtatilmagan edi. Murojaatchilar Ombudsman Kotibiyatining sektor mudirlari tomonidan dushanbadan jumaga qadar soat 9:00 dan 18:00 gacha jadval asosida qabul qilib kelingan. Shaxsan o`zim har oyning 15 va 30 sanasida fuqarolarni qabul qilaman. Haqiqatdan ham muroja-atlar ko`p. Albatta, xalq ishonchini oqlash, murojaatlarni hal etishda natijadorlikka erishish hamda qiynoqqa qarshi kurashishda mavjud imkoniyat va resurslarimizdan maksimal darajada foydalanyapmiz.

Karantin qoidalari kuchaytirilganligi sababli fuqarolar qabuli vaqtincha to`xtatilgan va ishonch telefoni, pochta xizmati, elektron pochta, O`zbekiston Respub-likasi Prezidentining Virtual qabulxonasi hamda www.pm.gov.uz internet portali orqali murojaatlarni qabul qilayotgan edik. Mana 9 avgustdan boshlab yana fuqarolar qabulini yo`lga qo`ydik. 2021 yilning birinchi yarim yilligida jami 9 632 ta murojaat kelib tushgan bo`lsa, ularning 2 mingga yaqini shaxsiy va sayyor qabullarda olingan. 

                   QAYSI SOHA VAKILLARINING HUQUQI KO`PROQ BUZILADI?

— Umuman olganda ushbu tashkilotga qaysi mazmundagi murojaatlar ko`p kelib tushadi? Qaysi soha vakillarining huquqlari nisbatan ko`proq buziladi? Ularning monitoringi yo`lga qo`yilganmi? 

— 2021 yilning birinchi yarim yilligida Ombudsman manziliga yuborilgan murojaatlarning salkam 40 foizi, ya`ni 4083 tasi shaxsiy huquq va erkinliklarni amalga oshirish masalasiga taalluqli bo`lgan. Parlament nazorati sub`ekti sifatida Ombudsman tomonidan fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinlik larini himoya qilish bilan bog`liq 1718 ta (42,0 foiz) murojaat o`z ish yurituviga olinib, ko`rib chiqilishi natijasida 13 ta jinoiy, 4 ta ma`muriy va 8 ta intizomiy ish qo`zg`atildi, mas`ul mansabdor shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun 23 ta tekshiruv o`tkazildi, 16 nafar davlat idoralari xodimlari turli darajadagi javobgarliklarga tortildi, sud qarorlariga nisbatan prokuratura organlari orqali 2 ta protest kiritildi hamda murojaat qiluvchilar manfaatlarini ko`zlab jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish to`g`risidagi 26 ta qaror bekor qilindi. Joriy yilning birinchi yarim yilligida Ombudsman manziliga jinoyat ishlari bo`yicha sud qarorlaridan norozi bo`lgan fuqarolardan 680 ta murojaat kelib tushdi. Bundan tashqari, xorijdan 3 ta va mahkumlardan 256 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarda asosan, dastlabki tergovda yo`l qo`yilgan prosessual kamchiliklar sud jarayonida aniqlanganda, sudya tomonidan ta`sir chorasi qo`llanilmasligi, sudya iltimosnomani rad etishi, majlis bayonnomasiga tomonlar chiqishlarining kiritilmasligi, guvohlarni chaqirishni rad etish va ularni so`roq qilmaslik, ekspertiza o`tkazishni rad etish, advokat chiqishini keyinga qoldirish kabi holatlar ko`rsatilgan. Mazkur holatlar sud qarorlarining qonuniyligi, xolisligi va adolatliligiga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir ko`rsatishi mumkin. Shuningdek, fuqarolarning Ombudsman xodimlarini sudda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini so`rab yozgan murojaatlariga asosan 2021 yilning birinchi yarim yilligida 45 marotaba sud jarayonlarida ishtirok etilgan hamda jinoyat ishlari bo`yicha sud tomonidan qonuniy, asosli va adolatli qaror qabul qilinmaganligi sababli 2 ta ish bo`yicha qabul qilingan qarorlar bekor qilingan.

Birgina misol, Oliy Majlis-ning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman)ga Toshkent shahri-da istiqomat qiluvchi fuqarodan yashab turgan uyini firibgarlik yo`li bilan tortib olinishi mumkinligi sabab sud majlislarida Ombudsman ishtirokini ta`minlanishida yordam so`rab murojaat qilingan edi. Ushbu murojaat sinchiklab o`rganilib, fuqaroga huquqiy tomondan amaliy yordam ko`rsatilishi uchun ariza Ombuds-manning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakiliga yuborildi. Mintaqaviy vakil mazkur nizoli masala yuzasidan joriy yilning 13 aprel kuni Ma`muriy ishlar bo`yicha Toshkent shaxar tumanlararo sudining barcha sud majlislarida ishtirok etdi. Aniqlanishicha, nizoli xonadonning umumiy er maydoni 26 m2 ni tashkil qilib, shundan 17 m2 1991 yilda murojaatchining otasi nomiga egalik huquqi asosida rasmiylashtirilgan. 9 m2 er maydoni esa o`zbo-shimchalik bilan egallab olingan er maydoni bo`lgan. Sudga da`vo ariza kiritgan qarshi tomon A.K. aslida mazkur xonadonga ijarachi sifatida joylashgan. Keyinchalik noqonuniy yo`llar bilan o`z nomini ro`yxatga ham qo`ydirib olgan. Qolgan 9 m2 er maydonining bir qismiga o`zboshimchalik bilan qurilmalar qurgan va 1991 yilda ularga nisbatan hokim qarorini ham chiqarib olgan. Lekin qarshi da`vogar taraf aslida Toshkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qilgan. Ombudsmanga murojaat qilgan fuqaro bo`sh turgan 9 m2 er maydonini otasi nomiga rasmiylashtirish bo`yicha hokimga murojaat qilganidan xabar topgan qarshi tomon A.K. sudga murojaat-chining uyini buzdirib tashlash va unga egalik huquqini berilishini so`ragan. Anchagina chigal masala...

Toshkent shahridagi Mintaqaviy vakilning sudda ishtiroki ish bo`yicha ba`zi muhim jixatlarni ochiqlanishiga va bundan sud xabardorligin i oshirishga yordam berdi. Ni-zoli ish bo`yicha olib borilgan o`rganish ishlari natijasida:

1986 yilda A.K. tomonidan o`zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar buzilishi haqida Xalq Deputatlari S.Rahimov tumani Kengashi qarori qabul qilingani, biroq qaror ijrosi ta`minlanmasdan qolganligi; 

1991 yilda haqiqatdan ham S.Rahimov tumani hokimligi tomonidan 2 ta bir xil qaror qabul qilinganligi, biroq murojaatchining otasi nomiga umrbod egaliq qilish huquqi asosida, qarshi tomon A.K. nomiga esa foydalanish huquqi asosida er maydoni berish haqida qarorlar qabul qilinganligi; 

A.K.ga er maydoni vaqtinchalik foydalanish huquqi asosida berilishi haqida qaror qabul qilinganligi bois, Olmazor tumani hokimligi tomonidan ushbu foydalanuvdagi hudud murojaatchining otasi nomiga egalik huquqi asosida rasmiylashtirilganligi; 

A.K. soliq to`lovlarini umuman to`lamasdan kelganligini aniqladi. 

Sud taraflar vajlarini, pro-kurorning da`vo arizasini rad qilish haqidagi fikrini va yuqorida ko`rsatib o`tilgan asoslarni inobatga olgan holda A.K.ning da`vo talablarini qanoatlan-tirishni rad qilish to`g`risida hal qiluv qarori qabul qildi. Xullas, uyidan umidini uzgan fuqaroning Ombudsmanga murojaati ijobiy hal etildi. 

                    MUROJAATLARNING KEYINGI TAQDIRI BILAN KIM QIZIQADI?

— Ombudsman nazoratiga olingan murojaatlarni hal etish bo`yicha tegishli davlat idoralari va tashkilotlarga murojaat qilingandan so`ng, uning natijasi bo`yicha bizni xabardor qilishadi. Murojaatlar bilan ishlash bo`-limi xodimlari esa ma`lumotni tasdiqlash uchun murojaat muallifi bilan bog`lanishadi. Ba`zi hollarda sud qarorlarining vaqtida ijro etilmayotgani, hokim qarorlari bajarilmay qolishi kabi holatlar ham uchrab turadi. Shunday hollarda yana tegishli davlat idoralari mas`ullariga aloqaga chiqishga to`g`ri keladi.

Yuqorida keltirilgan faktlar va aytib o`tilgan real voqelik ko`rsatadiki, fuqarolarimiz ba`zi hollarda sud-tergov jarayonlaridan to`laqonli qoniqmayapti. Zero, bugun zamon zayli o`zgargan. Bir olam statistika va bir nechta qog`ozlarga qarab o`qilgan ma`ruzalar orqali suvdan quruq chiqib ketaman, desangiz, endi adashasiz. Keltirilgan ma`lumotlarni ushbu tashkilotlarning mas`ullari o`zlari uchun bir signal sifatida qabul qilishi va “mudrayotgan” faoliyatlarini tezroq harakatga keltirishlari zarur.

                                                                                                              Mohinur RUSTAMOVA suhbatlashdi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar