AsosiyJamiyat

G`uzorda 17 yoshli qiz mast otasining o`limiga sababchi bo`ldimi?

'G`uzorda 17 yoshli qiz mast otasining o`limiga sababchi bo`ldimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda «G`uzorda 17 yoshli qiz o`z otasini o`ldirib qo`ygani aytilmoqda» nomli xabar tarqalgan edi.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasining ma`lumot berishicha, joriy yilning 18 avgust kuni soat 07:00 larda G`uzor tumani, Pastqovchin qishlog`ida yashovchi marhum X.Sh. yashash uyi darvozaxonasida vafot etgan holda topilgan.

Aniqlanishicha, marhum X.Sh. spirtli ichimlikka ruju qo`yib, voyaga etmagan qizi  Q.O.ning oshxonada ishlab topgan pulini olib spirtli ichimlik iste`mol qilib kelgan, shuni oqibatida ota va qiz o`rtasida yuzaga kelgan janjal tufayli Q.O. o`zini himoya qilish maqsadida otasining bosh qismiga yog`och bo`lagi bilan bir necha marotaba urib tan jarohati etkazgan, X.Sh. qizini haqorat qilishda davom etavergach, Q.O. otasini mast holda uydan chiqib ketmasligi uchun uning qo`l-oyog`ini sim bilan bog`lab, yashash uyidan chiqib ketgan.

So`ngra, shu kuni soat 19:30 larda uyiga qaytib kelib, otasini qo`l-oyog`ini echib, shu joyning o`ziga ko`rpa-to`shak va yostiq tayyorlab uni yotqizib, uyda qolishdan qo`rqqanligi sababli, dugonasi R.D.ning uyida tunab qolgan.

Ertasi kuni soat 05:00 larda uyiga kelganida otasining vafot etganligini ko`rib, qo`shnilariga xabar bergan.

Holat yuzasidan G`uzor tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar