AsosiyJamiyat

Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan amaldagi qonunlar qayta ko`rib chiqiladi – Senat raisi

'Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan amaldagi qonunlar qayta ko`rib chiqiladi  – Senat raisi'ning rasmi

Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan amaldagi qonunlar qayta ko`rib chiqiladi. Bu haqda Senat Raisi Tanzila Narboeva quyidagilarni ma`lum qildi:  

 " - Oxirgi paytda biz dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotlarini eshitib borishga alohida e`tibor beryapmiz. O`tgan galgi majlisimizda daraxtlarning noqonuniy kesilishi bo`yicha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasining axboroti tanqidiy-tahliliy ko`rib chiqilib, qo`mita faoliyati qoniqarsiz deb topilgan edi.  

 Xabaringiz bor, ushbu masala davlatimiz rahbari huzuridagi videoselektor yig`ilishida ham tanqidiy ko`rib chiqildi. Xususan, daraxtlar kesilishiga joriy qilingan moratoriy muddati 2024 yilga qadar uzaytirilishi va javobgarlik keskin kuchaytirilishi ta`kidlandi.  

 Shunday ekan, bu borada hammamiz mas`uliyatni kuchaytirib, natijaga ishlashimiz kerak. Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan amaldagi qonunlar qayta ko`rib chiqiladi.  

 Atrof-muhit muhofazasi, xususan daraxtlarni asrash, yashil hududlarni kengaytirish, chiqindilarni qayta ishlash kabi qator yo`nalishlarda hududiy mutasaddilarning hisobotlarini muntazam eshitib borish orqali ularning faoliyatiga baho berish (kerak bo`lsa lavozimdan chetlashtirish) maqsadga muvofiq, "  -degan Senat raisi. 

    Boshqa yangiliklar