Ba`zi ijtimoiy tarmoq sahifalarida O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Antikrizisny” jamg`armasi tashkil etilib, mehnat migrantlariga pul tarqatilayotgani, buning uchun anketda to`ldirib, 470 rubl to`lov qilish kerakligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bu kabi xabarlarga munosabat berdi.
Unga ko`ra, ushbu xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi va fuqarolarimizdan bu kabi firibgarlik chaqiruvlariga ishonmaslik so`raldi.