AsosiyJamiyat

Qo`mita raisi sirdaryolik chorvachilik yo`nalishidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi

'Qo`mita raisi sirdaryolik chorvachilik yo`nalishidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi'ning rasmi

Veterinariya va chorvachilikni davlat veterinariya qo`mitasi raisi Sirdaryo viloyatida chorvachilik yo`nalishidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi “Sulton” naslchilik fermer xo`jaligida tashkil etilgan ochiq mulotqot davomida hudud tadbirkorlarining soha bo`yicha taklif va muammolari atroflicha o`rganildi. Xususan, Prezidentimizning 2021 yil 3 martdagi “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida ”gi Qarorining mazmun-mohiyati, unda belgilab berilgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Ma`lumki, bugungi kunda mamlakatimizda qoramollar va parrandalar bosh sonini oshirish, sifatli Davlat veterinariya xizmatini ko`rsatish, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta`minlash bo`yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Seminarda sohadagi yangiliklar, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida fikr almashildi.

Shuningdek, tadbir davomida tadbirkorlarning yangi loyihalarini amalga oshirish, ozuqa-em etkazib berish uchun er maydonlarini ajratib berish borasida mutaxassislar tomonidan zarur tavsiya va takliflar berildi.

Boshqa yangiliklar