Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markazi O`zbekistonda aniqlangan koronavirus infeksiyasi holatlarini o`rganish natijalarini e`lon qildi.
Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko`ra, «delta» shtammining ulushi 82%ni tashkil etadi, bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko`rsatkichdir. Ikkinchi va uchinchi o`rinlarni «alpha» (10,3%) va 20A (7,7%) shtammlari egallashdi.
Ilg`or texnologiyalar markazi direktori Shahloxon Turdiqulova e`lon qilingan ma`lumotlarga izoh berar ekan, shunday dedi: "So`ngi haftalarda koronavirusning «delta» varianti umumiy kasallanishlar sonining beshdan to`rtidan oshdi. “Hind shtammi” deb nomlanuvchi virus turi “Uxan” va “Britaniya” versiyalariga qaraganda ko`pincha kasallikning og`ir shakllariga olib kelishi havotirga soladi. Bu umuman epidemiologik manzarani tubdan o`zgartiradi: afsuski, simptomsiz holatlar kamroq uchramoqda va inkubasiya davri qisqarib, sog`liq uchun jiddiy oqibatlar xavfini kuchaytiradi.
Biroq yaxshi yangiliklar ham bor: tadqiqotlarimiz shuni tasdiqlaydiki, hozirgi vaksinalar yangi shtammlarga qarshi samarali. Emlanganlar kamdan-kam hollarda kasallikka uchragan taqdirlarida ham, inson tanasida virus mutasiya qila olmasligi sababli COVID-19’ni engil o`tkazadi. Buni 24 avgust kuni olingan ZF-UZ-VAC2001 preparati sinovlarining uchinchi bosqichi natijalari ham tasdiqlaydi".






