AsosiyJamiyat

«Zamministrning ikkinchi xotini» yana qoidabuzarlik qildi

'«Zamministrning ikkinchi xotini» yana qoidabuzarlik qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda o`zini vazir o`rinbosarining ikkinchi xotini deya tanishtirgan ayol videosi keng muhokamalarga sabab bo`lgan edi.

Ushbu holatdan keyin o`sha ayol (M.E.) joriy yilning bugun, 27 avgust kuni ijtimoiy tarmoqda avtomobil boshqaruvi vaqtida qo`l telefondan foydalangan holda video tarqatdi. Unda avvalgi video orqali juda tez mashhurlikka erishganini bildiradi. Bu video ham rulda telefondan foydalanilgani sabab keng jamoatchilik e`tirozlariga sabab bo`lgan.

Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabariga ko`ra, fuqaro, 1996 yilda tug`ilgan M.E. haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmasdan avtomobil boshqarganligi, boshqaruv vaqtida telefondan foydalanganligi bo`yicha Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX xodimi Yu.Saydaliev tomonidan bayonnoma tuzilib, «Neksiya-3» rusumli, 01 X743DB davlat raqam belgili avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar