"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun, 28 avgustda kunduz kuni respublika hududi bo`yicha kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kunduz kungi harorat 32-37° atrofida saqlanib turadi. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 34-36° gacha isiydi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° bo`ladi.






