Hozirgina ayollar o`rtasida para engil atletikaning nayza uloqtirish turida F13 klassida o`zbekistonlik Nozimaxon Qayumova oltin medalni qo`lga kiritdi. Tajribali sportchimiz 42.59 metr natija bilan 1-o`rinni egalladi.
Eslatib o`tamiz, Nozimaxon Qayumova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o`yinlarida ham oltin medalga sazovor bo`lgan edi.
Shu tariqa vakillarimizning umumjamoa hisobida qo`lga kiritgan medallari soni 5taga etdi: ikkita oltin, bitta kumush va ikkita bronza.






