AsosiyJamiyat

Aholining minimal iste`mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi belgilandi

'Aholining minimal iste`mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi belgilandi'ning rasmi

 

“Minimal iste`mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. 

 Qarorga ko`ra, minimal iste`mol xarajatlari ko`rsatkichidan kambag`allik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalaniladi.  

2022 yildan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali oilani kam ta`minlangan deb e`tirof etish jarayonida qo`llaniladigan va jon boshiga to`g`ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste`mol xarajatlariga tenglashtiriladi.

 Har yili avgust oyigacha minimal iste`mol xarajatlari qiymatining prognoz parametrlari inflyasiya kutilmalaridan kelib chiqib hisoblanadi.  

 Minimal iste`mol xarajatlari va kambag`allik darajasi har yilgi hisobot yilida inflyasiya darajasidan kelib chiqib, keyingi yilning 20 yanvariga qadar e`lon qilib boriladi.

Minimal iste`mol xarajatlari tarkibi kamida har 5 yilda qayta ko`rib chiqiladi.

Qaror bilan Aholining minimal iste`mol xarajatlari qiymati va kambag`allik chegarasini hisoblash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar