27 avgustda O`zbekiston hududlari bo`ylab 283 831 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 109 550 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 126 505 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 47 776 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 13 751 939 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 9 298 426 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 3 267 420 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 1 186 093 nafarni tashkil qildi.
Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 670 949 nafarni tashkil qilmoqda.
Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Samarqand viloyati ( 35 093 doza),
- Andijon viloyati (27 301 doza),
- Xorazm viloyati (26 819 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
- Farg`ona viloyatida 1 598 990 doza,
- Namangan viloyatida 1 590 295 doza,
- Andijon viloyatida 1 454 103 doza,
- Samarqand viloyatida 1 329 688 doza,
- Qashqadaryo viloyatida 1 107 227 doza,
- Surxondaryo viloyatida 1 065 372 doza,
- Toshkent viloyatida 1 021 440 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






