Innovasion rivojlanish vazirligining xabar berishicha, Xitoy Fanlar Akademiyasi, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. kompaniyasi hamda O`zbekiston olimlari jamoasi hammuallifligida yaratilgan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 rekombinanant vaksinasining III faza sinovlari natijalarining dastlabki statistik tahlillari yakunlandi.
Vaksinaning III faza xalqaro ko`pmarkazli klinik tadqiqotlari 2020 yilning 10 dekabridan boshlangan bo`lib, 18 yoshdan katta bo`lgan jami 29 000 nafar kishini qamrab oldi. Mazkur tadqiqotlarda Xitoyning Xunan provinsiyasida, shuningdek O`zbekiston, Indoneziya, Pokiston va Ekvador davlatlarida o`tkazilgan.
Dastlabki statistik tahlil to`liq vaksinasiyadan 7 kun keyin kasallanganlarning 35 nafari vaksina bilan, 186 nafari plasebo bilan emlanganini ko`rsatgan. Ma`lum bo`lishicha, bu vaksinaning 81,76% samarali ekanini anglatadi. JSST talablariga ko`ra esa, vaksina kamida 70 foiz samara berishi lozim.






