Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi uch yil ichida milliy iqtisodiyotda yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o`sish sur`ati 3,1 barobarga oshgan.
Yillar kesimida sanoat sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni (yanvar-iyul holatiga):
- 2016 yilda – 3 999 ta;
- 2017 yilda – 7 111 ta;
- 2018 yilda – 6 561 ta;
- 2019 yilda – 13 569 ta;
- 2020 yilda – 11 246 ta;
- 2021 yilda – 12 334 ta
- 2021 yilning 1 avgust holatiga respublikada jami faoliyat ko`rsatayotgan sanoat korxonalari soni 90 638 tani tashkil etgan.






