Markaziy bank tomonidan joriy yilning 30 avgustidan boshlab O`zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining o`ttiz yilligiga bag`ishlangan oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalari sotuvga chiqariladi.
Esdalik tangalarining dizaynlari O`zbekiston Badiiy akademiyasining mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.
Oltin va kumush esdalik tangalarini tijorat banklarining filiallarida sotib olish mumkin.
Esdalik tangalarining sotuvi yo`lga qo`yilgan tijorat banklari filiallarida belgilangan tartibda qaytarib sotib olish amalga oshiriladi.






