Bugun ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt metrosida yana nosozliklar yuzaga kelgani — "Oybek" va "Toshkent" bekatlari oralig`ida poezdlar yarim soatcha to`xtab qolgani haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent metropoliteni jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xodimi Ilhomjon Qosimov “Zamon.uz”ga ma`lumot berdi.
Joriy yilning 28 avgust soat 14:35 atrofida “Oybek” bekatidan “Toshkent” bekatiga harakatlanayotgan elektropoezd haydovchisi harakat tarkibidagi nosozlikni sezib, tegishli yo`riqnomaga asosan harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida elektropoezdni to`xtatgan.
Yo`riqnomaga asosan ortidan kelgan harakat tarkibi yo`lovchilarni “Oybek” bekatida tushurib, yordam tariqasida yuborilgan.
Nosoz elektropoezd yo`lovchilari “Toshkent” bekatiga tushurib, texnik ko`rikka yuborilgan. Nosozlikni bartaraf etish vaqti 9 daqiqani tashkil etgan.
Toshkent metropoliteni keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`radi!






