Internet tarmog`ida “Uchtepa tumanining 11-daha, 5-uy yonida ayni vaqtda bir nechta ayollar boshqa bir ayol kishini “samosud” qilishayotgani aytilmoqda” sarlavhali video tarqaldi. Ushbu holat bo`yicha IIBB quyidagilarni ma`lum qilmoqda.
"2021-yil 27-avgust kuni soat taxminan 23.30 larda Uchtepa tumani 11-kvartalidagi 5-son va 4-son uylar orasidagi bolalar maydonchasida 25 yoshli Bibirobiya A. va u bilan birga ijarada turuvchi tanishlari 29 yoshli Sadoqat E., 32 yoshli Shaxnozoy S., 18 yoshli Pokizoy Ch. va 30 yoshli Uldonoy X. orasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Hozirgi vaqtda mazkur fakt bo`yicha tekshiruv olib borilmoqda. Tekshiruv yakuniga ko`ra qonuniy chora ko`riladi"






