Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,0 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 196,4 tonna kofe import qilgan.
Kofe importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 257,6 ming AQSh dollariga ko`p.
O`zbekiston o`tgan 7 oy mobaynida kofe import qilingan asosiy davlatlar:
- Rossiya – 57,4 tonna
- Italiya – 52,6 tonna
- Braziliya – 34,0 tonna
- Vetnam – 22,6 tonna
- Belorus – 13,1 tonna
- Germaniya – 2,8 tonna
- Turkiya – 2,7 tonna






