AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan etim va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga davlat bir qator imtiyozlarni joriy eta boshlaydi

'1 sentyabrdan etim va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga davlat bir qator imtiyozlarni joriy eta boshlaydi'ning rasmi

2021 yil 1 sentyabrdan  qonunchilikka ko`ra:  

  • etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar davlat tasarrufidagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari va maktablarga navbatga qo`yilmagan holda joylashtiriladi;

 

  • texnikum, kollej, akademik lisey yoki OTMda o`qiyotgan davrida har o`quv yilida bir marotaba o`quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun BHMning 5 baravari (1 mln 225 ming so`m) miqdorida subsidiyalar ajratiladi;

 

  • o`quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining tegishli yo`nalishlar bo`yicha kurslarda o`qish xarajatlari bir yilda BHMning 20 baravarigacha (4 mln 900 ming so`mgacha) miqdorda kompensasiya qilinadi;

 

  •  o`qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya to`lovlari 50 foizga oshirilgan holda to`lanadi.

 

    Boshqa yangiliklar