AsosiyJamiyat

Xizmat mashinasidan shaxsiy manfaati uchun foydalangan YPX xodimi bo`yicha ma`lumot berildi (Video)

'Xizmat mashinasidan shaxsiy manfaati uchun foydalangan YPX xodimi bo`yicha ma`lumot berildi (Video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Davlat raqam belgisi 01 454 VSD bo`lgan patrul avtomobilining mayoqchasini bolakay yoqib qo`ygani, IIO xodimi go`yoki mayoqchalarni yoqib xizmat faoliyatini olib borayotganday, aslida esa shaxsiy manfaati yo`lida oilaviy foydalanayotgani aytilmoqda" izohi bilan video tarqaldi.

 Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha,  2021 yil 26 avgust kuni Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX xodimi B.Shomurodov farzandining salomatligi yomonlashganligi sabab, o`ziga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan "Lasetti" rusumli, 01 454 VSD davlat raqam belgili avtomobilda yashash uyiga borib, farzandini shifoxonaga olib borganligi, shuningdek boshqa oila a`zolari bilan "Covid-19" virusi mavjud yoki yo`qligini tekshirish maqsadida test topshirganligi, ushbu jarayonlarda maxsus xizmat avtomobilidan foydalangan. 

Hozirgi pandemiya vaqtida xodimning xatti-harakati maqsadli ekanligi, farzand salomatligi har qanday inson uchun birinchi navbatda zarurligi inobatga olingan.

    Boshqa yangiliklar