Hozirgina "Sputnik V" vaksinasining 90 ming dozalik 2-komponenti yurtimizga olib kelindi.
Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 17 million 946 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
460 000 dozasi "Sputnik V",
986 480 dozasi AstraZeneca,
13 500 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
"Sputnik V"ning bu komponenti ushbu vaksinaning 1-komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlash uchun mo`ljallangan.






