AsosiyJamiyat

Fuqarolar ishtirokida audit o`tkazish tizimi joriy etiladi

'Fuqarolar ishtirokida audit o`tkazish tizimi joriy etiladi'ning rasmi

“Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–6300-son, 27.08.2021 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko`ra, 2022 yil 1 yanvardan Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qo`shimcha quyidagilar amaliyotga joriy etiladi:

  • moliyaviy audit;
  •  muvofiqlik auditi;
  • samaradorlik auditi.

 

 2021 yil 1 oktyabrdan Hisob palatasi, Moliya vazirligi va ichki audit xizmatlari har chorakda OAV vakillari ishtirokida jamoatchilikka o`z hisobotlarni e`lon qilib boradigan bo`ldi.

 2022 yil 1 yanvardan esa moliyaviy nazorat tadbirlari faqatgina nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilgan sub`ektlarda amalga oshiriladi (kameral nazorat va qonunchilikda ko`zda tutilgan boshqa holatlar bundan mustasno).

 2022 yil 1 yanvargacha “Davlat auditi” dasturiy kompleksi ishga tushiriladi. Unga ko`ra:

➖ byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg`armalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg`armalarda o`tkazilgan barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari “Davlat auditi” dasturida ro`yxatga olinadi;

➖ har bir nazorat tadbiri uchun o`rganiladigan savollar, tadbirning predmeti, ma`lumotlarni jamlash va tahlil o`tkazish tartibini o`z ichiga olgan nazorat tadbirini o`tkazish rejasi tuziladi;

“Davlat auditi” dasturida ro`yxatga olinmagan nazorat tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.

 2022 yildan Moliya vazirligi va har bir ichki audit xizmati tomonidan har chorakda fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali aniqlangan kamida 2 tadan ob`ektda nazorat tadbirini o`tkazish tizimi joriy etiladi.

Boshqa yangiliklar