Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov ma`lum qildi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida mamlakatimizda jinoyat ishlari bo`yicha sudlar tomonidan qasddan badanga engil shikast etkazishda ayblangan 1 686 nafar shaxsga nisbatan 1 508 ta jinoyat ishi ko`rib chiqildi.
Shundan 714 nafariga nisbatan ayblov hukmi, 4 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan. 954 nafar shaxsga taalluqli jinoyat ishlari esa taraflar yarashganligi munosabati tugatilgan. 6ta jinoyat ishi bo`yicha 6 nafar shaxsga nisbatan tibbiy yo`sindagi majburlov chorasi qo`llanilgan.
Jazo tayinlab, hukm chiqarilgan 689 nafar shaxsning 107 nafariga jarima, 333 nafariga axloq tuzatish ishlari, 198 nafariga ozodlikni cheklash, 47 nafariga ozodlikdan mahrum qilish va 4 nafariga boshqa jazo turlari tayinlangan.






