31 avgustda kunduz kuni respublika bo`yicha havo kam bulutli, faqat Toshkent viloyatida bulutli bo`ladi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 30-35° gacha isiydi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-34° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo`ladi.






