“Qurilish materiallari sanoatini qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5239-son, 31.08.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.
Qarorga ko`ra:
- 2021 yil 1 oktyabrdan sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig`ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi;
- 2022 yil 1 yanvardan sement ishlab chiqarishga mo`ljallangan 1 tonna ohaktosh uchun er qa`ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ikki baravar kamaytirilgan holda 22 500 so`m miqdorda belgilanadi.






