“Oliy, o`rta maxsus va professional ta`lim muassasalari o`rtasida ta`lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi
Qarorga ko`ra, 2021/2022 o`quv yilidan:
➖ oliy ta`lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi;
➖ turdosh OTM hamda asosiy yo`nalishlari bo`yicha tarmoq tashkilotlariga 213 ta texnikum biriktiriladi;
➖ Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat ko`rsatish va servis texnikumi tugatilib, uning barcha mol-mulki TATU huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga o`tkaziladi;
➖ texnikumlar va akademik liseylarda malaka talablari, o`quv reja va dasturlar, o`quv-me`yoriy hujjatlar tayanch OTM tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
➖ OTMlar o`zlariga biriktirilgan texnikumlarni o`quv-metodik hujjatlar bilan ta`minlaydi.
Shuningdek, qarorga muvofiq 2022/2023 o`quv yilidan quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
- texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda qurilish, transport, qishloq xo`jaligi, engil sanoat, xizmat ko`rsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda o`rta bo`g`in kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich ko`paytirish;
- OTMga o`qishga kirmagan maktablarning 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar bo`yicha bepul o`qitish.






