AsosiyJamiyat

Bulung`ur buyum savdo kompleksida kuchli yong`in sodir bo`ldi

'Bulung`ur buyum savdo kompleksida kuchli yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Bulung`ur tumanida joylashgan kiyim bozorlardan birida yong`in yuz berganligi haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati holat bo`yicha ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, yong`in kecha, 31 avgust kuni soat 23:16 da tumanning “Amir Temur” MFY Bulung`urshoh ko`chasida joylashgan, “Bulung`ur buyum savdo kompleksi” MChJga qarashli ikki qavatli savdo do`konlarida sodir bo`lgan. 

Voqea joyiga 10 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Qariyb 2 soat davom etgan yong`in soat 01:26 da o`chirilgan. 

Oqibatda binoning ikkinchi qavatida bo`lgan, “Bulung`ur buyum savdo kompleks” MChJga qarashli 5 ta va unga tutash bo`lgan 15 ta savdo do`konlari zararlangan. Jarohatlangan va halok bo`lganlar yo`q. 

Hozirda yong`ining kelib chiqish sababi va etkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda. Mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etyapti. 

    Boshqa yangiliklar