Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari , FXDY bo`limi mudirasi bilan birgalikda Nishon tumani Qirqquloch QFY Namuna mahallasida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo`qotgan hozirgi kunda qarindoshlari qaramog`ida bo`lgan Doniyarov Bozor Toshqul o`g`liga tug`ilganlik to`g`risida guvohnoma topshirildi.
Ma`lumot uchun, Bozorboy 2005 yil 1 sentyabrda tug`ilgan. Shu paytgacha tug`ilganligi tasdiqlovchi biror hujjati bo`lmagan.
Tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma bayramga o`zgacha sovg`a bo`ldi.