Istanbuldagi ikki yirik ko`prik O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlab O`zbekiston bayrog`i ranglari bilan yoritiladi. Bu haqda O`zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 1 sentyabr kuni Fatih Sultan Mehmet hamda 15 temmuz ko`priklari Vatanimiz bayrog`ining yashil, ko`k, qizil va oq ranglariga bezaladi.
Mazkur vizual shouni soat 20:00dan ertalabga qadar ko`rish mumkin bo`ladi.






