AsosiyJamiyat

GAI to`xtatgan opani jag`lari baquvvat ekan — tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan ma`lumot berildi

'GAI to`xtatgan opani jag`lari baquvvat ekan — tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan ma`lumot berildi'ning rasmi

30 avgust kuni soat 02:00 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani hududida joylashgan "Ibn Sino" dehqon bozori yaqinida tungi xizmatda bo`lgan YPX xodimi E.Xudoyberganov ko`rinishidan mastlik alomati sezilgan, xatti-harakatlari shubxali bo`lgan ayol kishi "Matiz" rusumli avtomobilni boshqarmoqchi bo`lganligiga e`tibor qaratgan.

Boshqaruvida bo`lgan "Lasetti" rusumli xizmat avtomobilini yo`l chetiga to`xtatib, ushbu ayol kishi bilan muloqot qilgan. Muloqot davomida fuqaro D.T.ni mastlik holatida gumonlagan va transport vositasini boshqarmoqchi bo`lgan vaqtda xodim ko`ngilsiz hodisa sodir bo`lishini inobatga olib, boshqarishiga yo`l qo`ymagan.

Shundan so`ng, fuqaro D.T. turli so`zlar bilan xodimni haqorat qilgan. Xodim vazminlik bilan oila a`zosi yoki tanishi kelib olib ketmaguncha avtomobilni boshqarishiga yo`l qo`ymasligini ma`lum qilgan. Fuqaro farzandini chaqirgandan so`ng, xodim o`z xizmatini davom ettirgan.

Fuqaro D.T. jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganligi, YPX xodimi E.Xudoyberganovni turli so`zlar bilan haqorat qilganligi bo`yicha tegishli hujjatlar to`planib, o`rganib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tumani sudiga yuborish choralari ko`rilmoqda. Shuningdek, video lavha ijtimoiy tarmoqda tarqalib ketishi holati o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar