IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi SPA salonlarning birida tunggi reyd olib borilgan. Mijozlardan birini tekshirish vaqtida uning sumkasida sovuq qurol va shimiga psixotrop vositasini yashirib olgani ma`lum bo`ldi.
Dinni niqob qilib, pichoq olib yurish dinda erkakka buyurilganligini ta`kidlab, mahmadonalik qilayotgan yigit, shimining balog`idan psixotrop vositasi chiqqach, ovozi "o`chib" qoldi.
Fuqaroga IIB xodimlari tomonidan tegishli tartibda chora ko`rildi






