Prezident Shavkat Mirziyoev bugun Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig`ilishida ishtirok etadi.
Davlatimiz rahbarining nutqi «O`zbekiston-24» telekanali va Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali jonli efirda ko`rsatiladi.
Shuningdek, ushbu yig`ilishdan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov ham xabar berib boradi. Yig`ilishdan to`liq tafsilotlarga ega bo`lish uchun bizni kuzatishda davom eting.