O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan Afg`oniston Islom Amirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid nomidan tabriknoma keldi.
Tabrikda shunday deyiladi:
«Biz qo`shni do`st O`zbekiston Hukumati va xalqini Mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklaymiz va bizning eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz.
Biz Qodir Ollohdan O`zbekiston xalqi va hukumatining yuksak qadr-qimmati va g`ururini asrashini tilab qolamiz.
O`zbekiston va Afg`oniston xalqlarini nafaqat yaxshi qo`shnichilik munosabatlari, balki umumiy diniy, madaniy va ma`naviy qadriyatlar birlashtiradi va bu mushtaraklik mamlakatlarimiz xalqlarini yanada bir-biriga yaqinlashtiradi.
Biz O`zbekiston bilan tinchlik va barqarorlikda, do`stlik hamda yaxshi qo`shnichilik ruhida doimiy hamkorlikni amalga oshirishga umid bog`lab qolamiz”.






