AsosiyJamiyat

Ayrim talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti xorijdagi muassasalarda tashkil etiladi

'Ayrim talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti xorijdagi muassasalarda tashkil etiladi'ning rasmi

Hukumat qaror iqaror bilan Oliy ta`lim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini O`zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida tashkil etish to`g`risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga ko`ra, amaliyot OTM tomonidan ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishiladigan dastur asosida tashkil etiladi.

 Amaliyot bir o`quv yilida bir marta 10 kundan kam bo`lmagan va 30 kundan ko`p bo`lmagan muddatlarda o`tkaziladi.

 

 Amaliyot 2 bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda OTM tomonidan xorijiy tillarni mukammal o`zlashtirgan iqtidorli 3-kurs talabalarining ro`yxati tuziladi hamda ularga berilgan tavsiyanomalar bilan birga har yili 1 iyuldan kechikmagan holda, Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.

 Saralab olishda talabalardan:

  •  CEFR tizimining kamida S1 darajasiga mos keladigan chet tilini bilish to`g`risidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo`lishi;
  •  umumiy reyting (o`zlashtirish) ko`rsatkichlari 80 ball va undan yuqori bo`lishi, fanlardan qarzdorligi mavjud bo`lmasligi talab etiladi.

 

Ikkinchi bosqichda nomzodlar Tashqi ishlar vazirligida qabul qiluvchi tashkilot talablari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda taqsimlanib, 20 iyulgacha suhbatdan o`tkaziladi.

Amaliyotni o`tash davrida talabaning belgilangan tartibda stipendiya olish huquqi saqlab qolinadi.

O`zbekistonning xorijdagi muassasalari deganda – O`zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari yoki xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari;

Xalqaro munosabatlar deganda – “Siyosatshunoslik”, “Xalqaro munosabatlar”, “Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo`nalishlari bo`yicha)”, “Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)”, “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha)” hamda “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo`yicha)” bakalavriat ta`lim yo`nalishlari tushuniladi.

    Boshqa yangiliklar