AsosiyDunyo

O`zbekiston raqamlashtirish reytingida oxiridan beshinchi o`rinni egalladi

'O`zbekiston raqamlashtirish reytingida oxiridan beshinchi o`rinni egalladi'ning rasmi

O`zbekiston fuqarolarning raqamlashtirishga tayyorligini baholash indeksida 51 ta mamlakat ichida 47-o`rinni egalladi. Ushbu indeks Rossiyaning “Dialog” Notijoriy avtonom tashkiloti tomonidan ishlab chiqildi. Bu haqda Ria novostiga tayanib "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Tadqiqot natijalariga ko`ra, reytingda Yaponiya birinchi, Estoniya ikkinchi, Islandiya esa uchinchi o`rinni egallagan. Kuchli beshlikda Finlyandiya va Daniya ham bor.

So`nggi beshlikka O`zbekistondan tashqari Hindiston (48), Qirg`iziston (49), Tojikiston (50), Turkmaniston (51) kiritilgan. Rossiya reytingda 27-o`rinni egallagan.

Ta`kidlanishicha, raqamli rivojlanishning yuqori darajasi Internet (keng polosali va mobil) mavjudligi, foydalanuvchilar soni va aholini kompyuterlashtirish darajasi bilan tavsiflanadi.

Ma`lumot o`rnida, indeks quyidagi tashkilotlardan biriga a`zo bo`lgan 51 mamlakat uchun ishlab chiqilgan: Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo`stligi, besh davlatdan iborat guruh (BRIKS): Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika.

    Boshqa yangiliklar