AsosiyDunyo

Britaniyalik fuqaro muntazam ravishda bepul pissa buyurtma qilish usulini topdi

Xavfsizlik bo`yicha konsultant lavozimida faoliyat yurituvchi britaniyalik Pol Prays Domino's Pizza internet dasturidagi texnik xatolikni payqadi. Gap shundaki, bu texnik xatolik tufayli foydalanuvchilar muntazam ravishda bepul pissa buyurtma qilishlari mumkin.

Uning aytishicha, dastur mavjud bo`lmagan hisob raqamlaridan ham to`lovlarni qabul iqla boshlagan va natijada u bir necha marotaba pissa buyurtma qilib, pulini to`lamagan. Prays pissaxonaga qo`ng`iroq qilib, uning buyurtmasi tayyor bo`lganini so`raydi, xodimlar esa pissa unga etkazib berilishini ma`lum qiladi.

Britaniyalik fuqaro avvaliga pissani pul to`lamasdan olish imkonini topganidan xursand bo`ladi, keyinroq esa vijdoni qiynalib, texnik xatolik haqida ma`lum qilishga qaror qiladi.

Kurer unga pissani olib kelganida, Prays texnik xatolik haqida aytadi va unga naqd pul to`laydi. 

Ayni paytda esa Domino's Pizza  dasturidagi texnik xatolik tuzatilgan. Domino's Pizza xodimlari texnik xatolikni payqab, o`z vaqtida ularga ma`lum qilgan fuqaroga minnatdorchilik bildirgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar