"Mir" teleradiokanali va «O`zbekkino» milliy agentligi O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlangan qo`shma loyihani amalga oshirdi.
"Mustaqillik. Missiya yakunlandi. O`zbekiston" filmining premerasi 2021 yil 1 sentyabr kuni "MIR" va "MIR 24" telekanallarining efirida bo`lib o`tdi.
28 daqiqali filmda mamlakat mustaqilligining shakllanishi, milliy o`ziga xosligi, yangi davlat tuzumining shakllanishi va bozor iqtisodiyotiga o`tishning murakkab yo`li haqida hikoya qilinadi. Filmda so`nggi besh yil ichida O`zbekistonning rivojlanishiga alohida e`tibor qaratilgan. O`zbekiston dinamik rivojlanayotgan va istiqbolli mamlakat sifatida namoyish etilgan.
Bunday natijalarga qanday yo`l bilan va nima tufayli erishildi? Bugun O`zbekiston uchun iqtisodiyot va xalqaro siyosatda qanday imkoniyatlar ochilmoqda? Respublika mustaqillikka erishganidan 30 yil o`tib qanday yashamoqda? Bu va boshqa savollarga rejissyorlar va voqealarning bevosita ishtirokchilari javob berishadi: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev, hukumat a`zolari va vazirlar, biznes, ta`lim va madaniyat vakillari. Tomoshabinlar zamonaviy O`zbekiston hayoti haqidagi noyob tarixiy videomateriallar va eksklyuziv kadrlarni ko`rishadi.
"Loyiha ustida xalqaro guruh ishladi", − dedi "Mir" teleradiokanali bosh direktori Vladimir Kazarezov.
− Teleradiokompaniya xodimlari bilan birgalikda O`zbekiston Kinematografiya agentligining xodimlari ham samarali mehnat qilishdi.
"Film SSSR parchalanganidan keyin O`zbekistonda sodir bo`lgan tarixiy voqealarga va respublikaning Buyuk Ipak yo`li markazi − o`zining tarixiy roliga qaytishiga bag`ishlangan. Bugun O`zbekiston Respublikasida Uchinchi Rennesansning poydevori qo`yilmoqda", - dedi Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.
Ta`kidlanishicha, ushbu film "MIR" telekanali va O`zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan amalga oshirilgan ikkinchi maxsus loyiha hisoblanadi.