Afg`onistondagi inqirozning keskinlashuvi fonida yangi o`quv yili boshlandi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Darslarga faqat boshlang`ich sinf o`quvchilari qabul qilingan - Islom respublikasida bu toifaga birinchi sinfdan oltinchi sinfgacha kirgan. Qobuldagi ta`lim muassasalari ma`muriyati toliblar hokimiyatga kelganligiga qaramay, qizlarga o`qishga ruxsat berilganini ta`kidlamoqda.
"Hozircha sharoitlar yaxshi", — deydi o`qituvchi Oysha Javid kamerada. Uning so`zlariga ko`ra, ayollar ishga bora olishgan, darslar bilan hech qanday muammo yo`q va ular o`zlarini "xavfsiz" his qilishadi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Tolibon vakillari qizlar va o`g`il bolalar uchun alohida ta`lim joriy etilishini e`lon qilgan edi. Shu bilan birga ular ayollarga nisbatan bir qator taqiqlardan voz kechishga, xususan, ularga o`qish va ishlashga ruxsat berishga va`da bergan.