AsosiyJamiyat

Diqqat! Kirish test sinovlari natijasidan norozi bo`lgan abiturientlar qachondan onlayn apellyasiya shikoyati berishi mumkinligi ma`lum bo`ldi

'Diqqat! Kirish test sinovlari natijasidan norozi bo`lgan abiturientlar qachondan onlayn apellyasiya shikoyati berishi mumkinligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo`lgan abiturientlar 5 sentyabr kuni 09:00 dan boshlab apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellyasiya shikoyati berishlari mumkin bo`ladi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qilmoqda.

Apellyasiya arizalari 14 sentyabrga qadar 10 kun davomida onlayn qabul qilinadi.

Bunda apellyasiya arizasini bermoqchi bo`lgan abiturient dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining «Bakalavr-2021» bo`limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritishi lozim.

Agar abiturient haqiqatan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo`lsa, apellyasiya arizasini berishi mumkin bo`ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

Mazkur sahifaga tegishli ma`lumotlarni kiritish orqali apellyasiya arizasi beriladi.

Apellyasiya arizasini bergan abiturientlarga uni ko`rib chiqish sanasi va vaqti ko`rsatilgan xabarnoma beriladi. Abiturient xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abiturient ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Apellyasiya shikoyatlarini ko`rib chiqish apellyasiya komissiyasi tomonidan 2021 yil 7 sentyabrdan boshlanadi.

Apellatsiya.dtm.uz saytida uchta bo`lim mavjud bo`lib, magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining chet tili fani va xorijiy davlatlardan o`qishni ko`chirish bo`yicha apellyasiya arizalari mazkur imtihonlarning yakuniy natijalari e`lon qilingandan so`ng ishga tushiriladi.

    Boshqa yangiliklar