AsosiyJamiyat

Samarqandda IIB xodimlari va fuqarolar o`rtasida janjal bo`ldi

'Samarqandda IIB xodimlari va fuqarolar o`rtasida janjal bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqandda IIB xodimlari va fuqarolar o`rtasida janjal sodir bo`ldi" sarlavhasi ostida tarqalgan video tarqaldi.  

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Mast holatda kelib IIB hodimlari faoliyatiga asossiz aralashib, ularga faol qarshilik ko`rsatgan shaxsga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi

2021 yilning 5 sentyabr kuni soat 23:45lar atrofida Samarqand shahar Go`ro`g`li ko`chasida tungi xizmatni olib borayotgan hodimlar yoniga, shu ko`chada yashovchi, 1982 yilda tug`ilgan D.Muhiddin mast holatda kelib, hech bir sababsiz baqir-chaqir qilib, jamiyatda o`rnatilgan tartib qoidalarni qasddan mensimay, IIB xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashgan.

Fuqaroni yaqin oradagi IIBga olib borish davomida, u xodimlarga faol qarshilik ko`rsatgan. Holatga D.Muhiddinning yaqinlari ham qo`shilib uni qo`yvorishlarini so`ragan.

Holat qonuniy tartibda rasmiylashtirilib, D.Muhiddinga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Fuqaroning harakatlariga nisbatan sud organlari tomonidan yakuniy qaror qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar