Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning yanvar-avgust oylarida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati 23,2 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 17,3 ming tonna choy import qilgan.
O`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda choy importi 757 ming AQSh dollariga oshgan.
2021 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekiston choy mahsulotini eng ko`p import qilgan davlatlar:
🔸 Xitoy – 13,5 ming tonna
🔸Keniya – 1,4 ming tonna
🔸Eron – 594,7 tonna
🔸Hindiston – 364,4 tonna
🔸Indoneziya – 358,9 tonna
🔸Shri-Lanka – 291,6 tonna
🔸Vetnam – 289,4 tonna
🔸Rossiya – 237,6 tonna
🔸 BAA – 168,0 tonna






